12 May 2023 yil 402

Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — JXX boshlig‘i podpolkovnik Jonibek Boltayev G‘ijduvon tumanidagi o‘rganishlari davomida tumanda sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat olib boruvchi soha xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Bunda davlatimiz rahbari tomonidan tibbiyot muassasalarida sodir etilgan tamagirlik bilan bog‘liq holatlar chuqur tahlil qilinib, bu illat qattiq qoralanganligi, Prezidentimiz tomonidan korrupsiya tibbiyot  tizimi uchun eng katta xavf va birinchi raqamli dushman sifatida eʼtirof etilganligi alohida taʼkidlandi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan masʼul xodimlar aynan tibbiyot tizimida 2022 yil hamda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar yuzasidan so‘z yuritib, tibbiyot tizimidagi xodimlar tomonidan sodir etilgan tamagirlik, poraxo‘rlik, tovlamachilik va firibgarlik hamda boshqa shu turdagi korrupsion jinoyatlar, ularning huquqiy oqibatlari, jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan ko‘rilgan jazo choralari to‘g‘risida maʼlumotlar berdilar.

Yig‘ilish yakunida, ishtirokchilarning barcha savollariga atroflicha javob berilib, tizimda korrupsion holatlarni oldini olish borasida hamjihatlikda birga kurashish, bunday holatlarga duch kelinganda tegishli huquq-tartibot idoralari bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida kelishib olindi.

Text to speech