22 Iyul 2023 yil 537

Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasida barcha shahar-tuman tergov bo‘linmalari ishtirokida  videokonferensaloqa tizimi orqali 2023 yilning birinchi yarim yilligi yakuniga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Mazkur yig‘ilishda Tergov bo‘linmalar tomonidan 2023 yilning 6 oyida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilinib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shu bilan bir qatorda, mazkur yig‘ilishda xodimlar o‘rtasida qonunchilik va xizmat intizomi masalalari viloyat IIB huzuridagi ayrim Tergov bo‘linmalari tomonidan tergov qilingan jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan kiritilgan xususiy ajrimlar ham muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida jinoyat ishlarini tamomlash borasida samarali ish olib borib, yaxshi ish ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan va boshqalarga o‘rnak bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan joriy yilning 13 iyul kuni videokonferens aloqa tizimi orqali o‘tkazilgan yig‘ilishda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari tomonidan taqdirlash tavsiya etilgan 3 nafar xodimlar, shuningdek, tergov bo‘linmalarining ayrim surishtiruvchi va tergovchilar eʼtirof etilib, ular pul mukofoti hamda boshqa qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Text to speech