28 Avgust 2023 yil 623

Buxoro viloyati IIB boshlilig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov Shofirkon tumaning “qizil” toifaga kiritilgan "Qolmaqon" mahallasida jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi

Bugun, 28-avgust kuni Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov Shofirkon tumanining “qizil” toifaga kiritilgan kriminogen vaziyati og‘ir deb baholangan "Qalmaqon" mahallasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni joyiga chiqib o‘rganib, masʼullar ishtirokida muhokama qildi.

Bunda, boshqarma boshlig‘i mahallaning kriminogen vaziyatiga taʼsir qilayotgan omillar, shuningdek, kompleks yondashuv asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, salmog‘i yuqori bo‘lgan jinoyatlarni oldini olishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda maxsus kontingent bilan ishlash kerakligi borasida alohida topshiriqlar berdi.

Jarayonda sodir etilgan har bir jinoyatga sabab bo‘lgan omillar ilmiy yondashuv asosida chuqur tahlil qilinib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

Mahallalarda faoliyat olib boruvchi “beshlik” vakillari ishtirokida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha “Buxoro tajribasi” asosida xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan vazifalarni tezkor va samarali hal etish choralarini ko‘rish borasida masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Bu kabi o‘rganishlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida davom ettirilmoqda.

Text to speech