28 Aprel 2023 yil 383

«Buxoro viloyati hududida fohishaxona saqlash bilan bog‘liq jinoiy holatlarni oldini olish va unga qarshi kurashish» borasida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida bir nechta holatda fohishaxona tashkil qilish bilan bog‘liq jinoiy holatlarga chek qo‘yildi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining alohida Farmoyishi asosida viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida aholi o‘rtasida turli yuqumli kasalliklar, xususan teri tanosil, OIV hamda OITS kasalliklarining tarqalishi, shuningdek, axloq-odob doirasidagi jinoyatlarni barvaqt oldini olish, sodir etilganlarini issiq izida fosh etish hamda bu sohadagi jinoyatlarga qarshi keskin kurashish maqsadida boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda “Oriyat” maxsus tezkor profilaktik tadbirlari harakatga keltirilgan.

O‘tkazilgan maxsus tezkor profilaktik tadbirlari davomida fohishaxona saqlash bilan bog‘liq bir nechta jinoiy holatlar fosh etildi.

Birinchi holat: Jondor tumani “Tinchlik” mahallasida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan I.M. 2023 yil 20 aprel kuni o‘zining yashash uyida 200 ming so‘m pul, 1 dona aroq, 2 dona non evaziga bir erkak va ayolning jinsiy aloqada bo‘lishi uchun sharoit yaratib berib, fohishaxona saqlash jinoyatini sodir qilgan.

Ikkinchi holatda: 2023 yilning 22 aprel kuni Kogon shahar "Abdulla Qodiriy" mahallasida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan X.U. moddiy manfaatdor bo‘lish maqsadida, bir ayol va erkakning o‘zaro jinsiy aloqa qilishi uchun yashash uyidan bir xonasida alohida sharoit yaratib berib, buning evaziga mijozdan 100.000 so‘m pullarni olganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 131-moddasi tegishli bandlari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech