10 Aprel 2023 yil 479

Buxoro viloyati IIB JXX YHXBda birinchi chorak ish natijalari muhokamasiga bag‘ishlangan tezkor yig‘ilish o‘tkazildi

Bugun, 10 mart kuni Buxoro viloyati IIB JXX YHXB majlislar zalida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov huzurida yo‘l harakati xavfsizligi sohasida joriy yilning 3 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan tezkor yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tizim faxriylari, xizmat soha rahbarlari, YHXB shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Yig‘ilishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avtotransport hodisalarini barvaqt oldini olish, «Xavfsiz va ravon yo‘l» dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar, viloyat hududida namunali harakat xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishi hamda boshqa yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

Shuningdek, o‘z ishiga sovuqqonlik bilan qaragan bir qator rahbar va xodimlarga nisbatan qatʼiy taʼsir choralarni qo‘llash yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

Tizimda mavjud muammolar o‘rtaga tashlanib, ularni bartaraf etish va samarali xizmatni tashkil etish borasida masʼullarga manzilli topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish davomida o‘z xizmat vazifalariga vijdonan yondashib, namunali faoliyati bilan hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh inspektorlar boshqarma boshlig‘i tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

Yig‘ilish so‘nggida Boshqarma boshlig‘i tomonidan shaxsiy tarkib va xizmat soha rahbarlariga bugungi muhokamadan kerakli xulosani chiqarib, samarali va natijali ishni tashkil etish va viloyat hududida yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq salbiy holatlarni kamaytirish lozimligi alohida taʼkidlandi.

Text to speech