30 Iyun 2023 yil 744

Buzoqning yugurgani somonxonagacha...

2023-yil 15-iyun kuni taxminan soat 10:00 larda nomaʼlum shaxs o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida Buxoro shahar "Turkiy jandiy" mahallasi Boboi-porado‘z ko‘chasida joylashgan boshqa bir fuqaro Q.A. ning yashash xonadoniga kirish darvozasi osma qulfini buzib g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yashash xonadonini titkilab, amalda xonadonda saqlanib kelayotgan moddiy qimmatliklarni topa olmasdan o‘g‘irlikka suiiqasd qilish jinoyatini sodir qilib, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25, 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan kechiktirib bo‘lmas tezkor surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni  Buxoro shahar “Otbozor” mahallasida yashovchi 1977-yilda tug‘ilgan N.U. ismli shaxs sodir qilganligi issiq izidan fosh etildi.

Hozirda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech