Chorva mol o‘g‘rilari ushlandi. Shofirkon tumani
2022 yil 15 dekabr kech soat 22:30 larda nomaʼlum shaxs, Shofirkon tumani “Jilvon” mahallasiga qarashli cho‘l hududida joylashgan “Chaqar” qishlog‘ida yashovchi, 1972 yilda tug‘ilagn N.N. ga tegishli bo‘lgan qo‘yxonaga lar g‘ayriqonuniy ravishda kirib, har birining bahosi 1.000.000 so‘mlik ikki bosh qo‘ylarini va bir bosh echkisini o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib olib borilgan tezkor texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida, oradan to‘rt oy o‘tganidan so‘ng ushbu jinoyatni tumanning Guliston mahallasida yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan G‘.R hamda 1995 yilda tug‘ilgan I.M. lar oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib sodir qilganligi aniqlangan.
Hozirgi kunda ushbu jinoiy guruhning tuman, viloyatning boshqa hududlarida, shuningdek, respubliamizning boshqa viloyatlarida sodir etilib fosh etilmasdan qolayotgan xuddi shu va boshqa turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.