6 Dekabr 2022 yil 845

Chorva-mol o‘g‘irligi bilan qo‘lga olingan jinoiy guruhning yana bir jinoyati fosh bo‘ldi

Jondor tumani IIB tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, nomaʼlum shaxs joriy yilning 2 noyabridan 3 noyabriga o‘tar kechasi tumanning «Mirzayon» mahallasida yashovchi fuqaroning qo‘yxonasiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, umumiy bahosi 10.000.000 so‘mga teng bo‘lgan besh bosh qo‘ylarini yashirin ravishda talon-taroj qilib, o‘g‘irlik jinoyatini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB TB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni ham Qorovulbozor tumani “Tinchlik” mahallasida yashovchi 2003 yilda tug‘ilgan Q.M. ismli shaxs boshchiligidagi jinoiy guruh sodir qilinganligi fosh etilgan.

Hozirda ushbu jinoiy guruhning boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech