Dalahovlisida giyohvandlik vositasini yetishtirgan shaxs fosh etildi
Jondor tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida tumanning Tinchlik mahallasida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan A.A. 2022 yil aprel oyidan sentyabr oyi o‘rtalarigacha bo‘lgan vaqt mobaynida tumanning Qorovul mahallasi cho‘l hududida joylashgan dala hovlisining tomorqa yerida tarkibida giyohvandlik moddalari bo‘lgan 1 tup Kannabis giyohvandlik vositasini parvarishlab, yetishtirib olib “marixuana” giyohvandlik vositasini tayyorlab, dala hovlisidagi xonasidagi shkafni ichida yelim idishning ko‘k rangli qopqog‘iga joylab qo‘yganligi aniqlandi.
Buxoro viloyat IIB EKBning kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra ushbu quritilgan, yashil rangli, o‘ziga xos o‘tkir hidli, giyohvandlik vositasining sof og‘irligi 0.44 grammni tashkil etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jondor tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.