12 Sentyabr 2024 yil 967

Davlatimiz rahbari boshchiligida o‘tkazilgan videoselektorda berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov o‘ziga biriktirilgan kam taʼminlangan oilalar muammolarini o‘rgandi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 11 sentyabr kuni kambag‘allikni qisqartirish ishlarini keyingi sifat bosqichiga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi.

Bunda, kambag‘allikni faqat pul tarqatish, nafaqa to‘lash bilan hal qilib bo‘lmasligi, buning uchun kambag‘al oila aʼzolarini o‘qitish, kasbga o‘rgatish va ish bilan taʼminlash muhim masala ekanligi alohida taʼkidlandi.

Shu sababli keyingi yillar uchun “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi tayyorlanib, unda yettita imkoniyat va masʼuliyat tamoyili asosida mamlakatning navbatdagi yangi yondashuvlari belgilab beriladigan bo‘ldi.

Bugun, 12 sentyabr kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida G‘ijduvon tumanining Ko‘lijabbor mahallasida bo‘lib, o‘ziga biriktirilgan kam taʼminlangan oilalar muammolarini o‘rgandi.

Jumladan, ushbu mahallaning fuqarolari Dilnoza FayzullayevaShahnoza Otayeva , Jamila Boboyorova , Aziza Sultonova, Halovat Cho‘lliyevalarning xonadonlariga borib, viloyat 3-sektor shtabi aʼzolari, tuman sektor rahbarlari, tegishli korxona va tashkilotlar vakillari hamda mahalla yettiligi hamrohligida birma-bir suhbat o‘tkazdi.

Ularning mavjud muammolari, qiziqishlari, kelajakdagi rejalari o‘rganildi.

Viloyat uchinchi sektor rahbari Ikromjon Tursunov ushbu fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarishda eng avvalo ularning qiziqishlari, qobiliyatlari, mavjud istaklaridan kelib chiqib, individual reja asosida ularni kasbga o‘qitish, tadbirkorlikka yo‘naltirish, muqim daromad manbayini yaratib berish borasida o‘zining tavsiya va ko‘rsatmalarini berdi.

O‘rganishlar yakuni davomida berilgan topshiriqlar alohida nazoratga ham olindi.

Text to speech