8 Iyun 2023 yil 447

“Denov” mahallasi aholisining bandligini taʼminlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 3-sektor rahbari polkovnik Mirjamol Miralimov tashabbusi bilan Shofirkon tumani “Denov” mahallasida bandligi taʼminlanmagan aholi uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada 10 dan ortiq davlat hamda xususiy sektor korxona va tashkilotlar vakillari o‘zining bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

Jarayonlarda 20 dan ortiq fuqaroga ishga joylashishi uchun maxsus yo‘llanmalar berildi.

Shu kuni mahalla aholisi uchun viloyat IIB JXX YHXB Matbuot guruhi masʼullari tomonidan yo‘l harakati intizomi, yo‘llarda piyoda va haydovchi madaniyatini oshirishga doir targ‘ibot ishlari olib borilib, ijtimoiy video roliklar namoyish etildi.

Shu bilan birga, tadbir yakunida, tuman Madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan konsert dasturi tashkillashtirilib, aholiga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.

Text to speech