DIQQAT! Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida bo‘sh ofitserlik lavozimlari uchun tanlov eʼlon qilinadi
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida bo‘sh bo‘lgan ofitserlik lavozimlariga oliy maʼlumotli psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha), pedagogika-psixologiya, qoida tariqasida yuridik hamda tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) va milliy istiqlol g‘oyasi, huquq va maʼnaviyat asoslari yo‘nalishlari bo‘yicha oliy maʼlumotga ega bo‘lgan Buxoro viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turgan, yoshi 18 dan kichik, 30 dan katta bo‘lmagan, bo‘yi 165 sm.dan kam bo‘lmagan, muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervi asosida harbiy xizmatni o‘tagan erkak nomzodlar va bo‘yi 160 sm. kam bo‘lmagan ayol nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.
Nomzodlar o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari so‘raladi.
- biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi;
- tug‘ilganlik haqida guvohnomasi;
- oliy maʼlumotni tasdiqlovchi hujjat (diplom ilovasi bilan) asl nusxasi;
- harbiy guvohnoma asl nusxasi;
- 3 x 4 o‘lchamdagi 2 ta rangli fotosurat (bosh kiyimsiz);
- doimiy yashash joyi bo‘yicha belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida maʼlumotnoma (bo‘yning balandligi bo‘yicha antropometrik parametri ko‘rsatilgan holda 086-raqamli tibbiy maʼlumotnoma);
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasining bo‘sh bo‘lgan ofitserlik lavozimlariga ishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar 2022-yilning 25-30 iyul kunlari Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmatiga yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan murojaat qilishlari so‘raladi.
Tanlov tadbirlari davomida jamoatchilik tashkiloti vakillari va nomzodning yaqin qarindoshlari ishtirok etishlari mumkin.
Joriy yilning 25-30-iyul kunlaridan oldin yoki keyin murojaat qilgan nomzodlarning arizalari qabul qilinmaydi.
Manzil: Buxoro shahar B.Naqshband ko‘chasi 10-uy,
Mo‘ljal: Buxoro ARK qo‘rg‘oni majmuasi.
Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun telefonlar: (65) 220-41-07
BUXORO IIB – rasmiy sahifalaridan axborot olib borishingiz mumkin.