20 May 2022 yil 206

DIQQAT, EʼLON! “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik” festivali uchun Buxoro shahrida transport harakatlari cheklanadi

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-noyabrdagi 629-sonli qarori asosida 2022-yilning 21-25 may kunlari Buxoro shahrida “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik” festivali o‘tkazilishi belgilangan edi.

Mazkur festival o‘tkazilishi munosabati bilan shahar hokimligining tegishli farmoyishiga binoan, joriy 21-25 may kunlari Buxoro shahrining quyidagi ko‘chalarida mazkur tadbirni namunali o‘tishini hamda viloyatimiz aholisi va shahrimiz mehmonlari orasida piyodalarning harakat xavfsizligini ta’minlash, xususan jamoat tartibini saqlash maqsadida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanishini ma’lum qilamiz!

  • B.Naqshband ko‘chasining I.Karimov ko‘chasi ya’ni “Vokzal chorraha” bilan kesishgan qismidan “Labi Hovuz” majmuasigacha;
  • B.Naqshband ko‘chasining Mirdo‘stim ko‘chasi va Xavzinav ko‘chasi bilan kesishgan qismidan Buxoro viloyat Ichki ishlar boshqarmasi oldidagi aylanma harakatigacha;
  • Abu Xafs Kabr ko‘chasining Ibn Sino shoh ko‘chasi ya’ni “Raymag” aylanma harakati bilan kesishgan qismidan M.Karim ko‘chasi ya’ni ARK qo‘rg‘oni bilan kesishgan qismigacha;
  • M.Karim ko‘chasining Ibn Sino shoh ko‘chasi ya’ni Markaziy bozor chorrahasi bilan kesishgan qismidan Abu Xafs Kabr ko‘chasi ya’ni ARK qo‘rg‘oni bilan kesishgan qismigacha;
  • viloyat Ichki ishlar boshqarmasi aylanma harakatidan Xo‘ja Nurobod va Haqiqat ko‘chalarida barcha turdagi yuk va yengil avtotransport vositalarining vaqtinchalik harakati vaqtincha toʻxtatiladi!

Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun fuqarolardan oldindan uzr soʻraymiz.

Text to speech