Diqqat, E’lon! Buxoro viloyati IIBda bo‘sh bo‘lgan serjantlik lavozimlarini jamlash maqsadida IIV Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga qabul qilish uchun nomzodlar tanlovini e’lon qiladi
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Kasbiy tayyorgarlik fakulteti serjantlik yo‘nalishiga 4 ta mutaxassislik (Yo‘l-patrul xizmati, Pasport tizimini ta’minlash, Jamoat tartibini saaqlash faoliyati, Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati) bo‘yicha o‘qishga qabul qilish uchun nomzodlar tanlovi 2023-yilning 15-iyul kunidan boshlanganligini ma’lum qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutiga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Buxoro Akademik litseyiga murojaat qilishlari so‘raladi, 2023-yilning 15-avgust kunidan keyin murojaat qilgan nomzodlarning arizalari qabul qilinmaydi.
Tanlov bosqichlari:
-hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;
-umumjismoniy tayyorgarlikni baholash;
-tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
-intellektual bilim darajasini baholash;
-yakka tartibdagi yakuniy suhbat.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga mutaxassislik bo‘yicha:
1. “Yo‘l-patrul faoliyati” yo‘nalishiga: oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, bo‘yi
175 smdan past bo‘lmagan (erkaklar uchun), 170 smdan past bo‘lmagan (ayollar uchun);
2. “Jamoat tartibini saqlash faoliyati” yo‘nalishiga: oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, bo‘yi 170 smdan past bo‘lmagan (erkaklar uchun), 165 smdan past bo‘lmagan (ayollar uchun);
3. “Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati” yo‘nalishiga: (sport sinovlari boshqa yo‘nalishlarga nisbatan kuchaytirilgan tarzda qabul qilinadi) o‘rta, o‘rta-maxsus yoki oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, bo‘yi 165 smdan past bo‘lmagan (ekaklar uchun), 160 smdan past bo‘lmagan (ayollar uchun);
4. “Pasport tizimini ta’minlash” yo‘nalishiga: oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, bo‘yi
165 smdan past bo‘lmagan (ekaklar uchun), 160 smdan past bo‘lmagan (ayollar uchun);
Yoshi 18 dan kichik, 30 dan katta bo‘lmagan, muddatli yoki safarbarlik chaqiruvi rezervi asosida harbiy xizmatni o‘tagan Buxoro viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turgan nomzodlar ishtirok etishlari mumkin. Fakultet yo‘nalishlariga nomzodlarni oliy ta’lim muassasasini tugatgan mutaxassisligi inobatga olingan holda ichki ishlar organlari uchun belgilangan talablar asosida qabul qilinadi.
Nomzodlar o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari so‘raladi:
-
fuqarolik pasporti; (biometrik, ID-karta);
-
harbiy guvoxnoma asl nusxasi;
-
bakalavr diplomi asl nusxasi (ilovasi bilan);
-
doimiy yashash joyi bo‘yicha belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida ma’lumotnoma (bo‘yning balandligi bo‘yicha antropometrik parametri ko‘rsatilgan holda 086-raqamli tibbiy ma’lumotnoma);
Manzil: Buxoro shahar Navoiyshox ko‘chasi 6-a uy,
Mo‘ljal: IIV Buxoro akademik litseyi binosi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefonlar: (99) 663-89-90; (91) 416-04-07
Telegramm kanali: @bviib – dan axborot olib borishingiz mumkin