4 Iyun 2025 yil 2315

DIQQAT, EʼLON! Buxoro viloyatidagi ayrim yoʻllar vaqtincha yopiladi!

2025-yil 6-iyun kuni Qurbon Hayiti bayrami munosabati bilan shahar-tumanlardagi masjidlarga olib boruvchi quyidagi avtomobil yoʻllari va koʻcha tarmoqlarida harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida transport vositalarining harakatlanishi vaqtinchalik cheklanadi.

▪️“Fayzobod” masjidiga olib boruvchi Ibn Sino koʻchasining Dilkusho koʻchasi bilan kesishgan qismidan Oq machit (2524 avtojamlanma) koʻchasi kesishgan qismigacha;

▪️“Dilkusho” masjidiga olib boruvchi Dilkusho koʻchasining Ibn Sino koʻchasi bilan kesishgan qismidan Xalqobod koʻchasi (“Dilkusho dehqon bozor”) kesishgan qismigacha;

▪️“Bolo hovuz” masjidiga olib boruvchi Abu Xafs Kabir koʻchasining M.Karim koʻchasi bilan kesishgan qismidan Xoʻja Nurobod koʻchasi (aylanma harakatdan 6-maktabga burilish) bilan kesishgan qismigacha;

▪️“Abu Hafs Kabir” (Hazrati imom) masjidiga olib boruvchi Abu Xafs Kabir koʻchasining Ibn Sino koʻchasi bilan (“Raymag” aylanma) kesishgan qismidan Vobkent koʻchasi koʻchasi bilan kesishgan qismigacha;

▪️“ Volidai Abdulazizxon ” masjidiga olib boruvchi Xavzi Nav koʻchasining M.Iqbol koʻchasi bilan kesishgan qismidan Joʻbor koʻchasi (Trikotoj chorrahasi) bilan kesishgan qismigacha;

▪️Umar Ibn Xattob masjidiga olib boruvchi Alpomish koʻchasi;

▪️Piridasgir masjidiga olib boruvchi Piridasgir koʻchasi;

▪️Sayfiddin Boxarziy masjidiga olib boruvchi Zulfiya hamda I.Moʻminov koʻchalari;

Shuningdek barcha shahar tumanlardagi katta yoʻl yoqasida joylashgan masjidlarga olib boruvchi avtomobil yoʻllari va koʻcha tarmoqlarida ham transport vositalarining harakati vaqtinchalik toʻxtatiladi!

Text to speech