2 Iyun 2023 yil 438

Diqqat, firibgar: Olotda bir nechta sodda insonlarga subsidiya asosida uy olib berish uchun taʼmagirlik qilgan ayol qo‘lga olindi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi JQB xodimlari tomonidan boshqa huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Qorako‘l tumani “Do‘rman” mahallasida yashovchi 1986-yilda tug‘ilgan H.D. ismli ayol boshqa bir ayolni aldab, komissiya aʼzolariga pora berish orqali, unga uy olishda subsidiya ajratib berish evaziga oldindan 200 AQSH dollari olib, keyinchalik yana 100 AQSH dollari talab qilib, 2023-yil 14-may kuni taxminan soat 15:30 larda Qorako‘l tumanidagi Dehqon bozori oldida ushbu 100 AQSH dollarini olgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.

Bundan tashqari, o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirish jarayonida, gumon qilinuvchi H.D. jabrlanuvchiga muqaddam undan olgan 200 AQSH dollaridan 2.000.000 so‘mini qaytargan holat ham tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.

Shuningdek, gumon qilinuvchi H.D. ning yana boshqa bir necha fuqarolar Z.A. dan xuddi shu sabab bilan 300 AQSH dollari, K.Q. dan 300 AQSH dollari, O.S. dan 300 AQSH dollari hamda M.X. dan 2,5 mln so‘m olganligi ham o‘z tasdig‘ini topgan.

Shunday qilib, gumon qilinuvchi H.D. jami 5 nafar fuqarolarning ishonchiga kirib, ularni aldab, pora berishga dalolat qilib, umumiy hisobda 1.200 AQSH dollari va 2,5 mln so‘m pullarni qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro H.D. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Koyedksining 168-moddasi 3-qismi va 25/211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, uning yana xuddi shu kabi jinoyatlarga aloqador bo‘lishi mumkinligini aniqlashga qaratilgan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech