Diqqat, firibgarlar: Buxoroda o‘zgani ishga kiritib qo‘yish evaziga taʼmagirlik qilgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari xodimlarining hamkorlikdagi tezkor tadbiri davomida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga qarashli avtotransport korxonasi xaydovchi vazifasida ishlovchi Buxoro shahar Abay ko‘chasida yashovchi, 1987-yilda tug‘ilgan I.I. ismli shaxs Buxoro shahar G‘ijduvon ko‘chasi 20-uyda yashovchi, 1998-yilda tug‘ilgan M.Sh. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, o‘zlariga tanish bo‘lgan ayolni aldab, uni Buxoro shahridagi “Ayollar muruvvat uyi”ga vakolatli tanishlari orqali ishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilib, evaziga 1.800 AQSH dollari talab qilib, Buxoro shahar Abay ko‘chasida kimyoviy ishlov berilgan pullarni olayogan vaqtida qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan fuqarolar I.I. va M.Sh. larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.