21 Noyabr 2023 yil 2573

"Dolzarb 40 kun" maxsus profilaktik tadbirlari doirasida Buxoro viloyati IIB JXX JTSB Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan Maxsus qabulxonada saqlanayotgan fuqarolar muammolari o‘rganildi

Bugun, 21 noyabr kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Bahodirxo‘ja Sharipov, viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari Bobur Kamolov, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, JXX boshlig‘i podpolkovnik Uktam Askarovlar boshchiligida IIB JXX JTSB Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan Maxsus qabulxonada saqlanayotgan shaxslar holidan xabar olindi.

Jarayonda ular bilan profilaktik suhbatlar olib borilib, murojaat va mavjud muammolari yaqindan o‘rganildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan muassasa rahbariyati va mutasaddilarga manzilli topshiriqlar berilib, ijrosini alohida nazoratga olindi.

O‘rganish davomida muassasada saqlanayotgan shaxslarning yashash joyidagi hududiy ichki ishlar organlari bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, maʼmuriy qamoq muddati tugaganidan so‘ng ular bilan alohida tartibda profilaktik tadbirlarni olib borish, ushbu shaxslarni faol ijtimoiy hayotga qaytarish, bandligini taʼminlash bo'yicha topshiriqlar berildi.

Text to speech