7 Dekabr 2023 yil 2882

"Dolzarb 40 kunlik" tezkor profilaktik tadbirlari davomida Buxoroda ham qator ijobiy natijalarga erishildi

Xabaringiz bor, butun respublikamiz bo‘ylab jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, sodir etilgan yoki sodir etilishi mumkin bo‘lgan, shuningdek, tayyorlanayotgan jinoyatlarni issiq izidan fosh etishga qaratilgan “Dolzarb 40 kunlik” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Buxoro viloyatida ham Ichki ishlar boshqarmasi va uning hududiy organlari xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida sodir etilib fosh etilmasdan qolgan 22 ta jinoyatlar issiq izidan fosh etildi hamda qidiruvda bo‘lgan 31 nafar shaxslar ushlandi.

Bundan tashqari tadbir davomida 1 ta odam o‘g‘irlash va bosqinchilik, 8 ta giyohvandlik hamda kuchli taʼsir qiluvchi psixotrop dori vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish, 2 ta noqonuniy ov quroli saqlash hamda 9 ta boshqa turdagi jinoyatlar aniqlanib, mazkur jinoyatlarda gumon qilinuvchi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 137, 164, 168, 276, 251 va 248-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, mazkur shaxslarning 5 tasiga qamoqqa olish hamda 15 tasiga boshqa turdagi ehtiyot choralari qo‘llanildi.

Bundan tashqari, reyd tadbirlari davomida 98 nafar shaxslar bilan manzilli profilaktik ishlar olib borilib, kriminogen vaziyatga taʼsir qiluvchi 38 nafar shaxslar maʼmuriy qamoqqa olindi.

Hozirda, keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlar davom ettirilib, noqonuniy harakatlar sodir etgan shaxslarga nisbatan jazoning muqarrarligi taʼminlanmoqda.

Text to speech