28 Aprel 2023 yil 449

Dorixonani o‘margan shaxslar ushlandi

2023 yil 7 fevraldan 8 fevralga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs, M.S. ismli ayolga tegishli bo‘lgan Jondor tumani “Zarafshon” mahallasida joylashgan “Shabnam-Saida-Famili-Farm” nomli xususiy korxonaga qarashli dorixona orqa eshigini buzib kirib, dorixona kassasidagi 50.000 so‘m, ayollar sumkasi ichidan 2.800.000 so‘m va 100 AQSH dollari hamda stol ustida turgan bahosi 7.000.000 so‘mlik “Aser” rusumli noutbukni o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni “Qorako‘l” tumani “Tinchlik” mahallasida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan X.S. va 1980 yilda tug‘ilgan R.M. ismli shaxslar oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib sodir qilganliklari fosh etildi.

Hozirgi kunda ushbu shaxslarning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech