15 Sentyabr 2023 yil 1536

Yoshlar bilan ishlash – hayot-mamot va xavfsizlik masalasi

Bugun, 15 sentyabr kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov boshchiligida Shofirkon tumanida yoshlar masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman IIB yoshlar masalalari bilan ishlovchi inspektorlari, hokimi o‘rinbosarlari, maktab direktorlari, mahallaga biriktirilgan yoshlar yetakchilari hamda tegishli tashkilotlar masʼullar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda mahalla beshligi ishtirokida yoshlar masalasiga alohida eʼtibor qaratish, yoshlar yetakchilari dasturini, yoshlarning kundalik hayotidan, qiziqishidan kelib chiqqan holda ishlab chiqish zarurligi, shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, vasiylikka berilgan oilalarni nazoratga olish, notinch oila farzandlarini bilan individual tartibda ishlashda asosan profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratish kerakligi borasida, masʼullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek yoshlar yetakchilariga oliy taʼlim muassasalariga qabul qilingan yoshlarning ro‘yxatini shakllantirib, taʼlim dargohidagi yoshlar masalalariga masʼullar bilan tegishli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech