5 Sentyabr 2023 yil 893

Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik hamda huquqbuzarlik sodir etilishini oldini olish borasidagi ishlar o‘rganildi

Bugun, 5 avgust kuni Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov Buxoro davlat universiteti, Pedagogika instituti, shuningdek, kasb-hunar maktabida bo‘lib, oliy taʼlim muassasalari talabalari, kasb-hunar maktabi o‘quvchilariga yaratilgan sharoitlarni, ular o‘rtasida jinoyatchilik hamda huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Boshqarma boshlig‘i o‘z so‘zida bugun mamlakatimizda davlatimiz rahbari boshchiligida yoshlarlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar xususida to‘xtalib, ular o‘rtasida jinoyat va huquqbuzar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik zarurligini alohida taʼkidladi.

Taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan har bir talaba darsdan keyin bo‘sh vaqtida nima bilan shug‘ullanyapti, talaba-yoshlarning maʼnaviy olamini yuksaltirish, ularda yuksak anʼanalarga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, jinoyatchilikka qarshi barqaror muhit shakllantirish, adolatli taʼlim tamoyillarini joriy qilish masalalari yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Text to speech