17 Iyul 2023 yil 520

Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari hamda Shofirkon tumani elektr taʼminoti korxonasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida tumanning Pattaxon mahallasida yashovchi, A.b. ismli shaxs yashash xonadoni yaqinida yashirin sex tashkil qilib, o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib,  164,8 kVt/soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat manfaatlariga 48.622.608 so‘mlik moddiy zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 185/2-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech