24 Mart 2023 yil 482

Eshiklari ochiq holda qoldirilgan mashinadan pullarni o‘margan shaxs fosh etildi

2022-yil 21-noyabrdan 22-noyabrga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs ,Buxoro shahar “A.G‘ijduvoniy” ko‘chasidagi uyning asosiy kirish eshigi oldida turgan fuqaro X.b.ga tegishli bo‘lgan “Tiko” rusumli avtomashinaning eshiklari ochiq holda qoldirib ketilganligidan foydalanib, ushbu avtomashinaning old yo‘lovchi salonida mavjud bo‘lgan “bardachok” dan jami 900 AQSH dollari va 6.720.900 so‘m pullarni o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni, Buxoro shahar "O.Xo‘jayev" mahallasida yashovchi, 1975-yilda tug‘ilgan X.A. sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech