Yoshlar orasida jinoyatchilik va giyohvandlik vositalarining tarqalishini oldini olishga qaratildi
Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida Buxoro davlat universitetida talaba yoshlar bilan “Yoshlar orasida jinoyatchilik hamda giyohvandlik vositalarining tarqalishini oldini olish” bo‘yicha targ‘ibot uchrashuv tashkil etildi.
Bunda, IIV masʼul xodimi podpolkovnik A.Xasanov va viloyat IIB JXX HPB boshlig‘i mayor Sherzod Xalilov boshchiligidagi masʼullar, viloyat Narkologiya dispanseri narkolog shifokorlari hamda pedagog va talabalar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda o‘tgan 2022 yilda BuxDU talabalari tomonidan sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar tahlil qilinib, kelgusida bu kabi salbiy holatlarning oldini olishga doir olib borilishi lozim bo‘lgan profilaktik chora-tadbirlar xususida o‘zaro fikr almashinildi.
Shuningdek, yoshlar, xususan talabalar o‘rtasida asr vabosi bo‘lgan giyohvandlik moddalarini isteʼmol qilishning salbiy oqibatlari to‘g‘risida mulohazalar yuritilib, mavzuga doir ijtimoiy rolik namoyish etildi.