Faxriylar doim eʼzozda!
“Keksalar haftaligi” doirasida Buxoro viloyati IIB tomonidan uzoq yillar el-yurt tinchligi yo‘lida fidoyi xizmat qilib, bir necha shogirdlarga ustozlik qilgan faxriylarni tabriklash maqsadida tadbir o‘tkazildi
Tantanali tadbirni Buxoro viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov ochib berib, mamlakatimizda davlatimiz rahbari boshchiligida keksalarga, moʻtabar faxriylarga yuksak eʼtibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanib, bu borada keng ko‘lamdagi xayrli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani borasida so‘z yuritdi.
"Faxriylar doim eʼzozda" nomli tadbirda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, O‘zbek milliy akademik drama teatri direktori, Ichki ishlar vazirli huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi Yodgor Saʼdiyev ham ishtirok etib buxorolik soha faxriylarini bugungi bayram bilan muborakbod etdi.
Tadbir davomida Buxoro viloyati Ichki ishlar organlarida uzoq yillar el-yurt tinchligi yo‘lida fidoyi xizmat qilgan bir guruh faxriylar IIVning ko‘krak nishoni hamda boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, ichki ishlar organlarida samarali xizmat qilib, nafaqa yoshiga yetgan bir guruh xodimlarni tantanali ravishda nafaqaga kuzatish marosimini ham o‘tkazildi.