Firibgargarlik bilan javobgarlikka torilgan shaxs takroran yana xuddi shu turdagi jinoyatga qo‘l urdi
Vobkent tumani “Hajuvon” mahallasida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan X.B. ilgari qasddan sodir qilgan firibgarlik jinoyatlari uchun bir necha marotaba sudlanganiga qaramasdan, 2022 yil iyul oyida o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan Buxoro shahar “Cho‘lpon” ko‘chasida istiqomat qiluvchi, 1989 yilda tug‘ilgan K.M.ning ishonchiga kirib, unga tegishli bo‘lgan, “Damas” rusumli avtomashinasini 4.700 AQSH dollariga sotib olishga kelishib, Buxoro tumani “Rabotipoyon” mahallasi hududida bo‘lgan avtomashina ustaxonasidan olib ketib, pullarini 2 kun muddat ichida keltirib berishligini aytib, “Damas” rusumli avtomashinani boshqa bir tanishiga 3.700 AQSH dollariga sotib, so‘ngra avtomashinani notarial rasmiylashtirib berib, pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborib, xavfli retsidiv firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.