Firibgarlar guruhi qo‘lga olindi.
Buxoro shahar "b.Naqshband" mahallasida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan Sh.Sh. ismli ayol aldash va ishonchini suiisteʼmol qilish yo‘li bilan o‘zganing mol-mulkini qo‘lga kiritish maqsadida tanishlari 1996 yilda tug‘ilgan Sh.Q. va 1998 yilda tug‘ilgan Sh.M.lar bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, 2022 yilda G‘.N. tomonidan ATIB “Kapitalbank” Toshkent shahar filialidan “Lasetti” rusumli avtomashinani kreditga olinganligini va taqiqda turganligini oldindan bila turib, ushbu avtomashinani 2023 yil 17 yanvar kuni Buxoro shahar “A.Somiy” ko‘chasida P.Sh. ismli fuqaroga 3.900 AQSH dollari evaziga sotib, ushbu pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida sarflab, belgilangan muddat ichida avtomashinani rasmiylashtirib bermasdan, firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda ushbu jinoiy guruhning boshqa xuddi shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.