6 May 2023 yil 285

Kogon shahrida firibgarlik qilgan retsidiv ayol fosh etildi

Kogon shahar “Navzirabod” mahallasida yashovchi, 1977-yilda tug‘ilgan X.N. ismli shaxs muqaddam bir necha marotaba sudlanib, belgilangan jazodan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, yana qasddan jinoyat sodir qilish yo‘liga o‘tib, aldash va o‘ziga bildirilgan ishonchni suiisteʼmol qilish yo‘li bilan o‘zganing mol-mulkini talon-taroj qilish maqsadida, 2022-yilning sentyabr oyidan 2023-yilning yanvar oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida tanishining yashash xonadoniga kelib, bo‘lib-bo‘lib qiymati 10.600 AQSH dollariga teng tilla-taqinchoqlarini bir necha kun ichida pulini to‘lab berish sharti bilan qo‘lga kiritib, sotib yuborib, pullarini bermasdan o‘z ehtiyojlari uchun sarflab, jabrlanuvchiga 118.989.876 so‘m miqdoridagi moddiy zarar yetkazib, firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech