11 Aprel 2023 yil 427

Firibgarlikni o‘ziga kasb qilib olgan shaxs qonun oldida javob beradi

Buxoro shahrida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan Q.O. Buxoro shahar “Navro‘z” ko‘chasida yashovchi fuqaroga o‘zini “Mansurov Alisher Axmadaliyevich” deb tanishtirib uni ishonchiga kirib, unda Buxoro shahri hududidan qurilish uchun yer maydoni borligini va uni sotishini shuningdek, auksion orqali olib berishini aytib ishontirib, 2021 yil iyul oyidan 2022 yil aprel oyiga qadar 55.500 AQSH dollari va 282.313.180 so‘mlik juda ko‘p miqdordagi pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Bundan tashqari u o‘zining jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, turmush o‘rtog‘ining nomida bo‘lgan “Kobalt” rusumli avtomashinani bank tomonidan “garov” ga olinganligini bilgan holda 2023 yil 13 mart kuni bir fuqaroning ishonchiga kirib unga ushbu avtomashina taʼqiqda emasligini aytib ishontirib, avtomashinani 7.300 AQSH dollariga sotishga kelishib, 7.000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech