15 Aprel 2023 yil 857

Fohishaxona saqlash jinoyatini o‘ziga kasb qilib olgan ayol tezkor tadbir davomida yana qo‘lga tushdi.

2023 yil 30 mart kuni soat 15:30 larda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan «Buxoro shahar hududida fohishaxona saqlash borasidagi holatlarni oldini olish va unga qarshi kurash» tadbiri davomida Buxoro tumani “Urganjixona” qishlog‘ida yashovchi, 1988 yilda tig‘ilgan R.H. muqaddam O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 135-moddasi 2-qismi bilan sudlangan bo‘lsada, “mijoz” sifatida borgan erkakning jinsiy aloqa qilishi uchun g‘arazli va boshqa past niyatlarda, moddiy manfaatdor bo‘lish maqsadida A.D. ismli ayolni topib berib, buning evaziga undan 500.000 so‘m naqd pullarni olib, qo‘shmachilik jinoyatini sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan ushbu retsidiv ayolga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 131-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech