3 Aprel 2023 yil 373

Giyohvand moddalarning g‘ayriqonuniy aylanishiga qarshi kurash

Olingan tezkor maʼlumot asosida Buxoro viloyati huquq tartibot organlari xodimlari tomonidan 2023 yil 31 mart kuni soat taxminan 19:30 larda o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida Vobkent tumani hududidan o‘tuvchi «M-37” Avtomobil yo‘lining 238-kilometrida mazkur tuman markaziy dehqon bozori oldidan “G‘ijduvon-Buxoro” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan G‘ijduvon tumani Sarimazor ko‘chasida yashovchi, Z.S.ning boshqaruvida bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashina to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, avtomashina haydovchi o‘rindig‘ining pastki qismida qora rangli polietilen paket ichida jami 10 dona “Avion” yozuvli gugurt qutilariga solib, alohida-alohida qadoqlangan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Ekspert krtminalistika bo‘limining sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra sof vazni 45,44 grammga teng bo‘lgan ko‘p miqdordagi “Marixuana” giyohvandlik moddasini kelgusida sotib mo‘may daromad olish maqsadida olib yurganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech