Giyohvandlik moddalarini qonunga xilof ravishda saqlash ham javobgarlikka sabab bo‘ladi
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining alohida farmoyishi asosida viloyatning barcha shahar va tumanlarida "Giyohvandlik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish" borasida ichki ishlar organlari, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan keng jamoatchilik bilan birgalikda bir qator manzilli profilaktik hamda tezkor tadbirlar amalga oshirmoqda.
2023 yil 4 yanvar kuni soat 14:50 da viloyati IIB TQX JQB va Bojxona xizmati xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan keng qamrovli tezkor tadbirlar davomida Vobkent tumani Kulolchi mahallasida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan Sh.R. yashash uyida viloyat IIB EKMning xulosasiga ko‘ra, sof vazni 152,09 gr “Marixuana” giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar giyohvandlik hamda psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish o‘ta jirkanch qilmish va og‘ir jinoyatdir.
Kelgusida hayotingiz, sog‘lig‘ingiz, mol-mulkingizni turli jinoiy tajovuzlardan asrab avaylash, har qanday jinoyatning kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi giyohvandlik deb ataluvchi illatdan jamiyatni xoli qilish uchun yuqoridagi kabi holatlar to‘g‘risida biror bir maʼlumotga ega bo‘lsangiz, zudlik bilan 102 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga borib xabar berishingizni so‘rab qolamiz.
Kimda kim shu kabi og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar to‘g‘risida maʼlumot bersa, o‘sha fuqaro ichki ishlar boshqarmasi tomonidan rag‘batlantiriladi va sizning shaxsingiz maxfiy saqlanadi.
Hamkorligingiz uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz.