12 Aprel 2023 yil 462

Giyohvanlik moddlarini aylanashiga qarshi kurashish tadbirlari. Kogon shahri

2023 yil 7 aprel kuni soat 22:50 larda Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan hamkorlikda Kogon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Xo‘jabargi” ko‘chasidagi temir yo‘l kesishmasida  “Qashqadaryo-Buxoro” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelgan fuqaro Buxoro shahar Dilkusho ko‘chasida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan Sh.F. boshqaruvidagi “Gazel” rusumli transport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, transport vositasining bar qismida rangsiz selofan paketda, quritilgan holda, bundan tashqari kiyimining o‘ng cho‘ntagida umumiy vazni 22,19 gramga teng “Marixuana” giyohvandlik moddasi boriligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 276-moddasi  2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech