G‘ijduvon tumani: 3-sektor hududida tezkor shtab faoliyati orqali fuqarolarning muammolari hal etilmoqda
Buxoro viloyati 3-sektor hududiga qarashli G‘ijduvon tumanida viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Erkin Safarov va o‘rinbosarlar Jonibek Boltayev, Umid Utayevlar boshchiligidagi qator masʼul rahbarlar tomonidan tumanning "Paxtaobod", “G‘ishti” va “Olmazor” mahallalarida aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish ishlari olib borildi.
Bunda, aholiga belgilangan grafik asosida suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish, gaz quvurida yuzaga kelgan nosozlik va elektr taʼminotidagi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish bilan bog‘liq muammolar yaqindan o‘rganilib, ijobiy yechim topishiga alohida eʼtibor qaratildi.
Jarayonda tuman 3-sektor rahbari va viloyat IIB masʼullari "Hududgaz" G‘ijduvon tuman suyultirilgan gaz qo‘yish shoxobchasida bo‘lib, unda gaz quyish uskunalarining sozligi, suyultirilgan gazni imkon qadar aholiga tezroq yetkazib berish va bu borada yuzaga kelayotgan muammolarni zudlik bilan hal etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shundan so‘ng "Paxtaobod" mahallasiga xizmat ko‘rsatuvchi huquq-tartibot maskani binosi va unda yaratilgan sharoitlar, profilaktika inspektorining xizmat uyi ko‘zdan kechirildi.
Hududda joylashgan dorixonalarda sotilishi taqiqlangan dori vositalari, narx-navolarning asossiz ko‘tarilishini oldini olish bo‘yicha targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib borildi.
Shu kuni masʼullar sektorga qarashli “Olmazor” mahallasida joylashgan 15-umumiy o‘rta taʼlim maktabining isitish tizimini ko‘zdan kechirib, mavjud muammolarni o‘rgandilar va nosoz quvurlar taʼmirlanib, ijobiy hal etildi.
3-sektorga qarashli hududlarda masʼullarning bu kabi o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.