G‘ijduvon tumanida kriminogen vaziyati og‘ir deb baholangan “qizil” toifali mahallalar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari JXX boshlig‘i podpolkovnik Jonibek Boltayev G‘ijduvon tumanining “qizil” toifaga kiritilgan mahallalarida 10-sonli qo‘shma Qaror ijrosi yuzasidan mahallalarda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazdi.
Muhokama yig‘ilishida tuman sektor rahbarlari, tegishli tashkilotlar masʼullari hamda mahallalar “beshlik” vakillari ishtirok etdilar.
Bunda, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari mahallalarning kriminogen vaziyatiga taʼsir qilayotgan omillar, shuningdek, kompleks yondashuv asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, salmog‘i yuqori bo‘lgan jinoyatlarni oldini olishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda maxsus kontingent bilan ishlash kerakligi borasida alohida topshiriqlar berdi.
Jarayonda sodir etilgan har bir jinoyatga sabab bo‘lgan omillar ilmiy yondashuv asosida chuqur tahlil qilinib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.
Mahallalarda faoliyat olib boruvchi “beshlik” vakillari ishtirokida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan qo‘shma Qaror ijrosi bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarni tezkor va samarali hal etish choralarini ko‘rish borasida masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Bu kabi o‘rganishlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida davom ettirilmoqda.