G‘ijduvon tumanida kriminogen vaziyati og‘ir, qizil toifaga kirgan mahallalarda keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda
Mamlakatimizda huquqbuzarliklar va jinoyatlarni erta aniqlab, ularning oldini olish, ro‘y berganlarini fosh etish borasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qator profilaktik tadbirlar uyushtirilmoqda. Bunda fuqarolarimiz uchun uchun tinch tinch va farovon turmush tarziga zamin hozirlashga asosiy eʼtibor qaratilmoqda.
Bu borada, Buxoroda kriminogen vaziyati og‘ir, qizil toifaga kirgan mahallalarda keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi masʼullaridan tashkil etilgan yig‘ma otryad joylarda qator tadbirlar o‘tkazmoqda. Yig‘ma otrya tomonidan G‘ijduvon tumanida 2 kunlik navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
Tuman bo‘ylab, jamoat tartibni saqlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. “Qizil toifa”ga kirgan 18 ta mahallalarda “Xavfsiz hudud” maxsus tezkor-tadbirlari shular jumlasidandir.
Tadbirlarga viloyat Ichki ishlar boshqarmasidan 71 nafar masʼullar biriktirilgan bo‘lib, jami 160 dan ortiq huquq-tartibot idoralari xodimlari, jamoatchilik vakillari faol qatnashdi.
Jami 3 mingdan ortiq xonadon, 65 ta korxona va tashkilot, 152 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari sharoiti o‘rganildi jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Shuningdek, ko‘chalarda bemaqsad yurib, fuqarolarga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan, jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishga moyil 44 nafar shaxslar ichki ishlar organlari tayanch punktlariga olib kelinib, ular bilan tezkor-profilaktik ishlovlar o‘tkazildi.
Ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turgan 87 nafar shaxs bilan yakka tartibdagi profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Profilaktik tadbir davomida 20 nafar ov quroliga ega bo‘lgan fuqarolarning ov qurolini saqlash, olib yurish va undan foydalanish qoidalariga amal qilishlari tekshirildi. Shundan, 4 nafar fuqaroga nisbatan ov qurolini ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini buzganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risdagi kodeksning 221-moddasi bilan tegishli tartibda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida mahallalarda, ko‘chalarda, korxona va tashkilotlarda jami 106 marotaba targ‘ibot yig‘ilishlari o‘tkazildi.
O‘zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha 35 dan ortiq velosiped hamda 60 ga yaqin chorva mollari egalaridan o‘z mulklarini qarovsiz qoldirmaslik to‘g‘risidagi tilxatlar olindi. Firibgarlik, o‘g‘irlik, yo‘l transporti hodisalari, tan jarohati bilan bog‘liq oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarni bartaraf etish bo‘yicha jami 8700 dan ortiq bukletlar tarkatildi.
Joriy yilning may oyida sodir etilgan jinoyat holatlari sektor rahbarlari va jamoatchilik vakillari ishtirokida keng muhokama kilindi.
Milliy gvardiya Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda ko‘p qavatli uylar, savdo shahobchalari va noturar joy obyektlarini “qo‘riqlov pulti”ga ulash yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari ham olib borildi. Tadbir davomida 3 nafar fuqarolarning savdo obyektlari va xonadonlari qo‘riqlov pultiga ulandi.
Tazyik va zo‘ravonlikka uchragan 3 nafar fuqaroga “Himoya order”lari ham rasmiylashtirilib, bilib-bilmay jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishdan saqlanishga doir tushuntirish ishlari olib borildi.
Profilaktika inspektorlari tomonidan profilaktik hisobda turgan, muqaddam sudlangan hamda sog‘liqni saqlash muassasalari hisobida turgan shaxslar tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi.
Bunda, mayda bezorilik, belgilanmagan joyda tamaki maxsuloti chekish, foxishalik bilan shug‘ullanish, jamoat joylarida spirtli ichimliklar isteʼmol qilish, boshqa turdagi jami 24 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlanib, tegishli tartibda huquqbuzarlarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Hududda olib borilgan o‘rganishlar natijasida mavjud 14 ta nizoli va janjalkash hamda 1 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoiti va maishiy muammolarini bartaraf etish choralari ko‘rildi.
Xususan, 27 nafar uzoq muddatga chiqib ketgan shaxslar yashash joylaridan batafsil o‘rganilib, yaqin qarindoshlari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Shu kuni 55 ta avtomashina qarzdorligi bo‘yicha jarima maydonchalariga joylashtirilib, bunda jami 17 mln 854 ming so‘mlik jarimalar undirildi.
Yo‘l harakati xavfsizligi yo‘nalishi bo‘yicha 91 ta avtomobillar tekshirilib, haydovchilarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Reyd tadbirlari davomida “Taxtaxon” mahallasi Dashtak qishlog‘ida yashovchi 43 yoshli erkakning noqonuniy diniy faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgani hamda “Buktaroy” mahallasi Ko‘shk qishlog‘ida yashovchi 40 yoshli ayol tomonidan yashash xonadoni omborxonasida umumiy miqdori 80 litr dizel yonilg‘isini va “Armechan” mahallasi Setalon qishlog‘ida yashovchi 37 yoshli erkakning yashash xonadonida hech qanday hujjatga ega bo‘lmagan 200 kg miqdordagi rangli metal mahsulotlarini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganlik kabi holatlar aniqlanib, daliliy ashyolar tegishli tartibda olingan va hujjatlar rasmiylashtirildi.
Tuman Ichki ishlar bo‘limi Probatsiya guruhi hisobida turgan 613 nafar nazorat ostidagi shaxslardan 95 nafari bilan yakka tartibdagi profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Viloyatda bu kabi keng qamrovli profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.Hududda olib borilgan o‘rganishlar natijasida mavjud 14 ta nizoli va janjalkash hamda 1 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoiti va maishiy muammolarini bartaraf etish choralari ko‘rildi.
Xususan, 27 nafar uzoq muddatga chiqib ketgan shaxslar yashash joylaridan batafsil o‘rganilib, yaqin qarindoshlari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Shu kuni 55 ta avtomashina qarzdorligi bo‘yicha jarima maydonchalariga joylashtirilib, bunda jami 17 mln 854 ming so‘mlik jarimalar undirildi.
Yo‘l harakati xavfsizligi yo‘nalishi bo‘yicha 91 ta avtomobillar tekshirilib, haydovchilarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Reyd tadbirlari davomida “Taxtaxon” mahallasi Dashtak qishlog‘ida yashovchi 43 yoshli erkakning noqonuniy diniy faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgani hamda “Buktaroy” mahallasi Ko‘shk qishlog‘ida yashovchi 40 yoshli ayol tomonidan yashash xonadoni omborxonasida umumiy miqdori 80 litr dizel yonilg‘isini va “Armechan” mahallasi Setalon qishlog‘ida yashovchi 37 yoshli erkakning yashash xonadonida hech qanday hujjatga ega bo‘lmagan 200 kg miqdordagi rangli metal mahsulotlarini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganlik kabi holatlar aniqlanib, daliliy ashyolar tegishli tartibda olingan va hujjatlar rasmiylashtirildi.
Tuman Ichki ishlar bo‘limi Probatsiya guruhi hisobida turgan 613 nafar nazorat ostidagi shaxslardan 95 nafari bilan yakka tartibdagi profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Viloyatda bu kabi keng qamrovli profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.