4 Yanvar 2023 yil 408

G‘ijduvon tumanida kuz qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlikning ahvoli hamda aholi muammolari manzilli o‘rganilmoqda.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati boshchiligidagi masʼullar G‘ijduvon tumanida bo‘lib, hudud aholisini qiynab kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazdi.

Tumanning 3 sektoriga qarashli mahallalar aholisi bilan uchrashib, ularning turmush tarzi, aholini qiynab kelayotgan muammolar, shu jumladan ijtimoiy obyektlarda yaratilgan shart-sharoitlar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari o‘rganilib, is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq holatlar yuzasidan targ‘ibot tashviqot tadbirlari olib borildi.

Bundan tashqari, o‘rganish chog‘ida hududda joylashgan 32 umumiy o‘rta taʼlim maktabi hamda 64 Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi shart-sharoitlar ham ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Text to speech