17 May 2023 yil 465

G‘ijduvon tumanida o‘g‘rilikni o‘ziga kasb qilgan jinoiy guruh fosh etildi

2023 yil 21 aprel kuni soat 4:00 larda nomaʼlum shaxs G‘ijduvon tumani “Nodirabegim” mahallasida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan M.U.ning yashash uyidan, unga tegishli bo‘lgan jami bahosi 1.200.000 so‘mlik 7 dona akumulyatorlarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni tumanning “Pomo‘za” mahallasida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan Z.G. qarindoshlari “Gulistonobod” mahallasida yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan Sh.B. va 1990 yilda tug‘ilgan R.Sh. lar bilan oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib sodir qilganliklari aniqlanib, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi PPX batalyoni xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirgu kunda ushbu jinoiy guruhning boshqa xuddi shu tardagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech