23 Iyun 2023 yil 551

G‘ijduvon tumanida pora evaziga taʼlim maskaniga ishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan firibgar ayol fosh etildi

G‘ijduvon tumani IIB bergan maʼlumotga ko‘ra, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda G‘ijduvon tumani “Olmazor” mahallasida yashovchi 1986-yilda tug‘ilgan Sh.V. ismli ayol boshqa bir fuqaroni aldab, uning ishonchiga kirib, unga o‘zining vakolatli tanishlari orqali tumandagi 5-sonli IDUMda kompyuter texnik operatori lavozimiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 200 AQSH dollari miqdorida pora talab qilib, 2023-yil 15-iyun kuni taxminan soat 11:10 larda ushbu taʼlim muassasasi oldida fuqaro S.N. dan kimyoviy ishlov berilgan 2 mln 500 ming so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Sh.V. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech