28 Fevral 2023 yil 546

G‘ijduvon tumanida qonunga xilof tarzda faoliyat olib borgan tadbirkor faoliyatiga chek qo‘yildi

Viloyat miqyosida o‘tkazilayotgan "Xavfsiz hudud" keng qamrovli profilaktik tadbirlar davomida joriy yilning 3 fevral kuni G‘ijduvon tumani IIB xodimlari tomonidan tumanning Vazirshoh mahallasida yashovchi fuqaro M.Fning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, u moy juvoz uskunasidan foydalanib, isteʼmolchilar hayoti va sog‘ligi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan chigitdan olinadigan mahsulotlarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarib kelayotganligi aniqlangan.

Tezkor tadbir davomida ashyoviy dalil sifatida 9.2 kilogramm paxta chigiti, 2.6 kilogramm kunjara yem mahsuloti, 1.6 litr paxta yog‘i hamda 1 dona moy juvoz uskunasi tekshirish maqsadida tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 186/2-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech