G‘ijduvon tumanida sodir etilgan o‘g‘irlik fosh etildi.
G‘ijduvon tumani IIB tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, 2022 yil 13 noyabr kuni soat 14:00 dan 15:20 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs, G‘ijduvon tumani "Pamo‘za" mahallasida joylashgan umumiy ovqatlanish shaxobchasiga mijoz sifatida kirgan fuqaro S.l.ning sumkasidan bahosi 1.000.000 so‘mlik ayollar kurtkasini o‘g‘irlab ketgan.
Holat yuzasidan olib borilgan kechiktirib bo‘lmas tezkor texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida mazkur jinoyatni shu tumanning Chorsu mahallasida yashovchi, 1970 yilda tug‘ilgan S.N. ismli ayol sodir qilganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Hozirda, ushbu ayolga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.