2 Avgust 2023 yil 583

G‘ijduvon tumanida talonchilik qilgan jinoiy guruh aʼzolari qo‘lga olindi

2023 yilning 28 iyul kuni soat 23.00 larda ikki nafar nomaʼlum shaxslar G‘ijduvon tumanida joylashgan “Xo‘jai Jahon” ziyoratgohining avtoturargohida, shu tuman A.G‘ijduvoniy mahallasida yashovchi 2003 yilda tug‘ilgan K.Nni chalg‘itib, qo‘lida bo‘lgan unga tegishli 1 dona bahosi 1.350 AQSH dollariga teng bo‘lgan “Iphone 13 pro max” uyali aloqa vositasini ochiqdan ochiq talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan kelib tushgan xabar asosida, G‘ijduvon tumani Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan kechiktirib bo‘lmas tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilgan.

Natijada ushbu jinoyatni Buxoro shahar Otbozor mahallasida yashovchi 2004 yilda tug‘ilgan G‘.A. hamda Buxoro tumani Kuchko‘mar mahallasida yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan A.A.lar oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib sodir qilganliklari aniqlangan va ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan G‘ijduvon tumani IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 166-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech