31 Iyul 2023 yil 418

G‘ijduvon tumanida tungi vaqtda bemaqsad yurgan shaxsning cho‘ntagida "Gashish" giyohvandlik moddasini saqlab yurganligi aniqlandi

2023 yilning 28 iyul kuni soat taxminan 03:35 larda G‘ijduvon tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida olingan maʼlumot asosida, tungi vaqtda tumanning Qo‘rg‘on mahallasida bemaqsad yurgan, shu mahallada yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan Sh.N. ismli fuqaroning cho‘ntaklari ko‘zdan kechirilganda, uning cho‘ntagidan “kent” yozuvli tamaki mahsuloti qutisi ichida joylashtirilgan sof og‘irligi 1,34 grammga teng ozginadan ko‘p miqdordagi “Gashish” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech