G‘ijduvon tumani: mahallabay o‘rganish ishlari o‘z samarasini bermoqda
Maʼlumki, ob-havoning keskin o‘zgarishi tufayli kommunal tizim va boshqa sohalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish maqsadida shahar-tumanlar Ichki ishlar bo‘limlarida tezkor shtablar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Jumladan, G‘ijduvon tumanida ham shtab tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, muammolarni o‘rganish va energiya taʼminotidagi sodir bo‘lgan uzilishlar hamda avariya holatlarini bartaraf etishga doir qator choralar ko‘rilmoqda.
G‘ijduvon tumani 3-sektor rahbari, IIB boshlig‘i boshchiligida qator sohaviy xizmat rahbari va mutasaddilar ishtirokida qishki taʼtil tugab, 3-chorak o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tumandagi taʼlim muassasalarining isitish tizimi joyida o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha bir qator topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Bunda, 3-sektor rahbarining tashabbusi bilan aholini arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida sektorga qarashli "Ayirtom", "Beshtuvo" va “Olmazor” mahallalarida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi.
Shu kuni ehtiyojmand oilalar holidan ham xabar olinib, ularni yana-da qo‘llab-quvvatlash maqsadida sektorning "Amirobod" mahallasida yashovchi kam taʼminlangan "Temir daftar" ro‘yxatiga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam sifatida oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
Viloyat 3-sektoriga qarashli barcha hududlarda bu kabi chora-tadbirlar olib borilmoqda.