19 Yanvar 2023 yil 732

G‘ijduvonda chorva mol o‘g‘rilari fosh etildi

2023 yil 7 yanvar kuni soat 23.00 dan 8 yanvar kuni soat 4:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, nomaʼlum shaxs o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida G‘ijduvon tumani Ko‘lijabbor mahallasida yashovchi fuqaro N.A. ning hovlisiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, molxonasida bo‘lgan 1 bosh bahosi 7.000.000 so‘mlik qoramolini yashirin ravishda o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni G‘ijduvon tumani Sarmijon mahallasida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan A.I., shu tumanning Gulistonobod mahallasida yashovchi, 2006 yilda tug‘ilgan A.B. va Ko‘shk mahallasida yashovchi 2005 yilda tug‘ilgan F.S. ismli shaxslar oldindan jinoiy til biriktirib sodir qilganliklari aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirgi kunda ushbu jinoiy guruh tomonidan respublikamiz hamda viloyatimizning boshqa hududlarida sodir etilgan xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv va tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech