G‘ijduvonda giyohvandlik o‘simligini ekib parvarishlash bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi
Viloyat IIB TQX TQKB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2023” keng qamrovli tadbiri davomida G‘ijduvon tumani “Ko‘kcha” mahallasida joylashgan “Shamshodjon-Xushnudbek” oilaviy korxonasi tomonidan “G‘ijduvon o‘rmon xo‘jaligi”dan ijaraga olingan yaylov yer maydoni ko‘zdan kechirilganida, korxona ishchisi Shofirkon tumani “Pashmon” mahallasida yashovchi 1977-yilda tug‘ilgan X.I. yaylovdan o‘tgan ariq bo‘yidagi 1 metr kvadrat yerga ishlov berib, unda bir tup “Kannabis” o‘simligini qonunga xilof ravishda ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlanlangan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.