G‘ijduvonda ko‘cha bezorilari jinoiy javobgarlikka tortiladigan bo‘ldi
G‘ijduvon tumani “Pamo‘za” mahallasida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan O.A. va shu manzilda yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan O.A.lar bilan bir guruh bo‘lib, 2023 yil 4 mart kuni soat 12:30 larda jamoat joyi hisoblangan G‘ijduvon tumanida joylashgan “Korzinka” savdo majmuasi avtoturargohida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, o‘zlariga begona bir fuqaro bilan hech bir sababsiz janjallashib, uni haqorat qilib, urib-do‘pposlab, Respublika sud tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy markazi Buxoro filialining xulosasiga ko‘ra, unga sog‘lig‘ining buzilishiga sababchi bo‘lmagan engil shikast etkazib, bezorilik jinoyatini sodir qilishgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 277-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.