1 Aprel 2023 yil
583
G‘ijduvonda Obodonlashtirish boshqarmasi xodimi jinoyat ustida ushlandi
G‘ijduvon tumani Arabon ko‘chasida yashovchi, Obodonlashtirish boshqarmasi xodimi vazifasida ishlovchi 1951 yilda tug‘ilgan N.R. bir fuqarodan tumandagi "Yu.Hamadoniy" ko‘chasida joylashgan 2,5 sotix bo‘sh yer maydonini mansabdor tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 10.000 AQSH dollari talab qiladi.
Joriy yilning 28 mart kuni taxminan soat 12:30 larda Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida N.R. kelishilgan pullardan oldindan 1.000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.