24 Fevral 2023 yil 630

G‘ijduvondagi qimorxona faoliyatiga chek qo‘yildi

2023 yil 12 fevral kuni soat 20:30 larda viloyat IIB va G‘ijduvon tuman IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida tumanning Yangiobod mahallasida faoliyat yurituvchi “Alp Amir milliy o‘yinlari” MCHJ taʼsischisi H.oga tegishli bo‘lgan binoda qonunga xilof ravishda qimor va tavakkalchilikka asoslangan “Xo‘rozlar jangi” musobaqasini o‘tkazish uchun maxsus arena tashkil qilinganligi va bu joyda qimor o‘yinlarini tashkil etib, ushbu o‘yin davomida har bir fuqarodan 10.000 so‘mdan 20.000 so‘mgacha pul mablag‘lari olib kelganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech